Img
1-Dekabr, 2025-yil

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Sog‘lom hayot sari birgalikda” shiori ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan giyohvandlik va OIV/OITSning oldini olishga bag‘ishlangan navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni bo‘lim boshlig‘i M. Xolbekova ochib, o‘quvchilarni mehmonlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda Jizzax viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mas’ul mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarga OIVning yuqish yo‘llari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar kasallikka chalingan insonlarga noto‘g‘ri munosabat bildirmaslik, ular bilan muloqotda gigiyenik qoidalarga e’tibor qaratish, turli buyumlarni alohida saqlash kabi muhim tavsiyalarni yetkazishdi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning giyohvandlik va OIV kabi xavfli illatlardan xabardorligini oshirish, ularda mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish va sog‘lom hayotga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3