Img
4-Dekabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha navbatdagi audit yig‘ilishi o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash va oila masalalari bo‘yicha tizimli yondashuvni rivojlantirish maqsadida navbatdagi audit ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida institutda gender siyosatini izchil tatbiq etish, xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ularning faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati, ayniqsa, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Institutda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari alohida muhokama qilindi.

Mazkur audit yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda teng imkoniyatlarni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning meʼyoriy-uslubiy yo‘riqnomalari asosida tashkil etildi. Yig‘ilish institutda gender tenglik siyosatini izchil davom ettirish va xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3