Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti talaba-yoshlarining Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif doirasida “Yong‘inlar, is gazidan zararlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari Sharifjon Aliboyev va Shohjahon Razzoqovlar ishtirok etib, is gazining xavfi, zaharlanish alomatlari, yong‘in va portlashlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.
Shuningdek, kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish va favqulodda vaziyatlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.