Oksford universiteti professori Mari Sako Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon institutimizning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Professor Mari Sako zamonaviy laboratoriyalar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, barqaror rivojlanish, muqobil energiya va muhandislik ta’limi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Ushbu tashrif xalqaro tajriba almashish, ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.