Img
18-Dekabr, 2025-yil

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.

Tadbir talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur bosqichda Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti huzuridagi talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi. Jamoalar Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim”, Said Ahmadning “Ufq” va Usmon Azimning “Ular odam emaslar” asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ular odam emaslar” spektakli yuqori baholanib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga, uchinchi o‘rin esa Jizzax politexnika instituti va Guliston davlat universitetiga nasib etdi.

Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar va ijodkor rahbarlar e’tirof etildi. Quvonarlisi institutimizning “Ibrat” talabalar teatr studiyasi faol ishtirokchisi Qurilish muhandisligi fakulteti 721-23 QMB va KICH guruhi talabasi Ochilov Mirzohid Shavkat o‘g‘li “Eng yaxshi ijodkor talaba” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi. Kibersport fakulteti 502-25 BH guruhi talabasi Mamatqulova Gulsanam O‘razboy qizi esa “Eng yaxshi ayol“ nominatsiyasiga munosib ko‘rildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3