Tashrif doirasida mehmonlar institutimizning qo‘shma ta’lim dasturi talabalari bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida:
qo‘shma ta’lim dasturlarining mazmuni va istiqbollari;
akademik almashinuv va ta’lim sifati;
talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir institutimiz va Suzhou texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.