Bugun, 20-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda institut rektori Alisher Usmankulov, prorektorlar, dekanlar, doktorantlar hamda magistrlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida A.Yusupov oliy malakali kadrlarni tayyorlashdagi islohotlar, oliy ta’limdan keyingi ta’limda rejalashtirilayotgan yangiliklar, tayyorlayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini ko‘tarish bo‘yicha tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Uchrashuv, ishtirokchilarning qizg‘in savol-javoblari orqali, ochiq munozara shaklida olib borildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.