Img
21-Dekabr, 2025-yil

Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi tashrif

Ochilish marosimidan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya bilan Jizzax politexnika instituti rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ochilov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i M. Eshqulov va Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A. Ortiqovlar ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, yangi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini almashdilar, bu esa do‘stona va samarali hamkorlik munosabatlarining ramzi bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3