Img
24-Dekabr, 2025-yil

"Energetika muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Jizzax politexnika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ko‘tarinki ruh va quvonchga boy tantanali bayram tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi bayram tadbiri bugun, 24-dekabr kuni institutning “Energetika muhandisligi” fakulteti tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur bayram kechasida Yangi yilga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida yil yakuni munosabati bilan o‘z mehnati, tashabbusi va faoliyati bilan alohida ajralib turgan, ko‘p yillar davomida talaba-yoshlarga bilim va tajribasini ayamasdan ulashib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda faol talaba-yoshlar tantanali tarzda e’tirof etildi.

Shuningdek, bayram dasturi doirasida tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar, musobaqalar va interaktiv chiqishlar ishtirokchilarga chinakam bayramona kayfiyat bag‘ishlab, Yangi yil arafasida barchani bir maqsad va ezgu tilaklar atrofida birlashtirdi. Ushbu tadbir institut jamoasi va talaba-yoshlar uchun yil yakunini ko‘tarinki ruhda qarshi olish, yangi yilga yangi reja va umidlar bilan qadam qo‘yish uchun muhim va unutilmas lahzalardan biri bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3