Img
25-Dekabr, 2025-yil

"Transport muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbir avvalida ertaklar olamidan tashrif buyurgandek Qorbobo va Qorqizning chiqishlari bayramga yanada fayz kiritdi. Ularning quvnoq suhbatlari, ezgu tilaklari va ramziy sovg‘alari tomoshabinlarga bolalarcha quvonch ulashib, barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Bayramona sahna chiqishlari aynan shu ertakona kayfiyat bilan uyg‘unlashib, tadbirga o‘zgacha joziba baxsh etdi.

Bayram jarayonida yil davomida ta’lim va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘qishida, jamoat ishlarida va ijtimoiy hayotda faolligi bilan ajralib turgan talaba-yoshlar alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari hamda faxriy tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tibor ustozlar mehnatini yuksak qadrlash, talabalarni esa yanada katta marralar sari ilhomlantirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yangi yilni katta orzular, yuksak maqsadlar va ezgu niyatlar bilan qarshi olish tilaklari ostida birlashdilar. Ushbu bayram JizPI jamoasining ahilligi, ustoz va talabalar o‘rtasidagi mustahkam hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi. Yangi yil barchamizga yangi yutuqlar, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3