Img
26-Dekabr, 2025-yil

"Qurilish muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida yangi yilga xos quvonch, samimiyat va birdamlik muhiti hukm surdi. Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan bayramona sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, she’riy ijrolar hamda musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Kechaning yanada fayzli o‘tishida kuy-qo‘shiqlar muhim o‘rin egallab, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bayram jarayonida yil davomida ta’lim-tarbiya, ilmiy izlanishlar va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar alohida e’tirof etildi. Ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi jamoa tomonidan yuksak qadrlanib, samimiy minnatdorlik so‘zlari bildirildi.

Mazkur tadbir Yangi yil arafasida jamoada ezgu orzular, yangi maqsadlar va yuksak marralar sari ishonch bilan intilish ruhini mustahkamlab, barchaga iliq bayram kayfiyatini ulashdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3