Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-7735323) ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga 2026-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Seminar davomida census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda jarayonni samarali tashkil etishda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Yakunda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xodimlarning xabardorligini oshirish tartibi bo‘yicha kelishib olindi.