Bugun, 6-yanvar kuni dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar uchun tashkil etilgan o‘quv seminarining to‘rtinchi kuni belgilangan dastur asosida davom etdi.
Dasturga muvofiq, mas’ul tyutorlar B.Turopov hamda A.G‘ofurovalar tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng ma’ruza qilish navbati Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Mustafoqulovga berildi.
A.Mustafoqulov tomonidan "Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarnitaqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida 226-son qarori" haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Navbatda Energetika muhandisligi fakulteti tyutori M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’ruza qilindi.
Navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov so‘zga chiqib, oldinda turgan imtihon jarayonlarining ochiq va shaffof, korrupsiya, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvidan holi o‘tishini ta‘minlash oldinda turgan asosiy vazifalarimizdan ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar, tizimdagi yangiliklar haqida to‘xtalib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi.
Yakunda yil davomida samarali ishlagan, o‘zining halol va fidokorona mehnati, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarib kelayotgani uchun bir qator tyutorlar mehnati e‘tirof etilib, tashakkurnoma hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar.