Img
8-Yanvar, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan seminar mashgʻulotlari davom etmoqda

Bugun “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining YDAlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida VMning 836-qarori”, “Mahalliy ilmiy loyihalarda ishtirok etish uchun qo‘yilgan talablar”, “Xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish tartiblari va talablari”, “Xalqaro ilmiy jurnallarda maqola nashr etish talablari (Scopus, WoS)” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurash – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa” kabi mavzularda mashgʻulotlar tashkil etildi.

Seminarlarda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda boʻlim boshliqlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Seminar belgilangan dastur asosida 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3