Img
12-Yanvar, 2026-yil

“Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

Bugun, Jizzax politexnika institutida yoshlar ongida vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash maqsadida “Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib berib, mavzuning mazmun-mohiyati, Vatanga sadoqat va yoshlarning jamiyat oldidagi burchi haqida fikrlar bildirdi. Talabalar o‘z insholarida yurt tinchligi, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va kelajak oldidagi mas’uliyatni chuqur yoritib berdilar. Tanlov natijalari: I o‘rin — Kibersport fakulteti, 531-25-guruh talabasi L. Abduvaliyev; II o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti, 701-25-guruh talabasi M. Qarshiyeva; III o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti, 103-24-guruh talabasi A. Abduhamidov.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3