Bugun, 13-yanvar kuni Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 1-2 kurs talabalari o‘rtasida “O‘zbek yigiti – mustaqillik posboni” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talabalarning ijodiy yondashuvi, Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va ehtiromi badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda etildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rinni 721-24 guruh talabasi Sindorqulov Ozodbek; 2-o‘rinni 722-25 guruh talabasi Sulaymonov Hasan; 3-o‘rinni 722-25 guruh talabasi Xudaynazarov Og‘abek qo‘lga kiritdi. Bu kabi tadbirlar talabalarda Vatanga sadoqat, mustaqillikni asrab-avaylash hamda uni yanada mustahkamlash yo‘lida mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.