O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida Jizzax viloyati hokimi boshchiligida tashkilot, idora rahbarlari va harbiy xizmatchilar tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yildi.
Biroz oldin yakunlangan mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yishdi.