Img
15-Yanvar, 2026-yil

O‘zaro hamkorlik sari muhim qadam

Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulovning Migratsiya agentligi Jizzax hududiy filiali rahbari Sherzod Amanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa malakali muhandis kadrlar tayyorlash, bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, o‘quv va texnologik hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Institutimizda bugungi kunda barcha sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga har doimgidanda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Mazkur uchrashuv bu yo‘ldagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2