Img
17-Yanvar, 2026-yil

“Rektor stipendiyasi” sovrindorlari hamda sport musobaqalari gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

2025-yil 11-martdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish uchun “Talaba-yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 10-son Qo‘shma qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qo‘shma qarorga asosan bir yilda 2 marotaba bahorgi va kuzgi mavsumlarda “Talaba - yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkaziladi.

2025-yil 29-sentyabr kuni Jizzax viloyatida o‘tkazilgan (https://t.me/jizpi_online/46621) “Talaba - yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida Jizzax politexnika institutining 500 nafardan ortiq talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 28, 29, 30 va 31-bandlariga asosan talabalar orasidan kurslar kesimida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan egallagan (o‘g‘il va qiz bolalar bo‘yicha alohida-alohida) 22 nafar talaba-yosh (https://t.me/jizpi_online/51916)g‘olib deb topildi. Jumladan, 1-o‘rinni egallagan talaba-yoshlar 6 (olti) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 1 709 010 so‘m, 2-o‘rinni egallagan talaba-yoshlar 4 (to‘rt) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 1 139 340 so‘m, 3-o‘rinni egallagan talaba-yoshlar 2 (ikki) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 569 670 so‘m bilan “Rektor stipendiyasi” bilan rag‘batlantirildi (https://t.me/jizpi_online/51910?single).

2026-yil 17-yanvar kuni “Talaba-yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Taqdirlash tadbirida institut rektori tomonidan talaba-yoshlarga vaucherlar berildi.

Tadbir “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimiga ulanib ketdi.

Institutda Jismoniy tarbiya kafedrasi hamda “JizPI” sport klubi hamkorligida “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning voleybol, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat hamda shashka turlari musobaqalari tashkil etilgan edi (https://t.me/jizpi_online/51545).

Mazkur sport musobaqalarida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hamda jamoalar institut Kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3