Img
17-Yanvar, 2026-yil

“Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganish borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur masalalar 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llangan navbatdagi Murojaatnomada ko‘tarilgan dolzarb mavzu va vazifalarda ham o‘z aksini topdi.

2026-yil 17-yanvar kuni Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining guruh sardorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talaba-yoshlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish hamda kurslar kesimida mavjud muammo va yechimlarni aniqlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, soha prorektorlari, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi N.Abduraxmonov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda guruh sardorlari ishtirok etdi.

Uchrashuv an’anaviy tarzda ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida Murojaatnomada belgilangan vazifalarni institutda to‘liq amaliyotga joriy etish, islohotlar ijrosini ta’minlash hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Talabalar tomonidan bildirilgan har bir savolga batafsil javob berildi. Talabalar tomonidan berilgan savol hamda takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3