Img
25-Yanvar, 2026-yil

Yoshlar bandligini ta’minlash sari muhim qadam

2026-yil 24-yanvar kuni Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov Jizzax shahridagi o‘ziga biriktirilgan “O‘ratepalik” hamda “Obod” mahallalarida istiqomat qiluvchi ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor har bir yosh bilan suhbatlashib, ularning muammolari, taklif, istak va qiziqishlarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning xohish va ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud imkoniyatlar asosida turli tashkilotlardan ish joylari taklif etildi.

Yakunda yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasini tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng yoshlar institutimizning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

E’tiborlisi, uchrashuv yakunlangach bir qator yoshlar tanlangan tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borildi, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilindi hamda yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3