O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnoma oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash va ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda yanada rivojlantirish kabi muhim maqsadlarga xizmat qiladi.
Bugun JizPI professor-o‘qituvchilari va talabalari so‘rovnomada faol va mas’uliyat bilan ishtirok etib, oliy ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, milliy reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirishda o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.