Img
29-Yanvar, 2026-yil

Soha mutaxassislari bilan talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O‘zmilliybank” AJ, “ADM Jizzakh” MChJ vakillari, Energetika muhandisligi fakulteti dekani M. Usanov, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I. Meyliyev, Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi mudiri E. Abdullayev, Karyera markazi xodimi B.Mustafoyev, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, bitiruvchilar uchun ish o‘rinlarini aniqlash hamda korxona va tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalari, startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imkoniyatlar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida “ADM Jizzakh” zavodining faoliyati, zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud va yaratilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir talabalar uchun amaliy tajriba va kelgusidagi ish faoliyatini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3