Img
30-Yanvar, 2026-yil

Obuda universitetiga tashrifning uchinchi kuni

29-yanvar kuni delegatsiya a’zolari Vengriyaning Sekesfehervar shahriga Alba Regia nomidagi Texnika fakulteti (Alba Regia Technical Faculty) faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida yo‘l oldilar.

Delegatsiyaga Obuda universiteti rektorining vakili Dr. Antal Németh hamda Dr. András Molnár hamrohlik qildilar. Mehmonlarni fakultet dekani Dr. György Györök va Sékesfehérvár Fan va innovatsiyalar parki direktori Dr. Lóránt Lehrner iliq va samimiy kutib oldilar.

Tashrif avvalo fakultet faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Fakultet dekani Dr. György Györök Alba Regia Texnika fakulteti, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng Sekesfehervar Fan va innovatsiyalar parki direktori Dr. Lóránt Lehrner ilmiy park faoliyati, oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish, ilmiy laboratoriyalar va innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari fakultetning ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifning uchinchi kuni Jizzax politexnika instituti uchun innovatsiya, ilm-fan va ta’lim yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlarni ochdi. Xalqaro hamkorlik izchil ravishda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3