Img
31-Yanvar, 2026-yil

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi

Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi.

Shuningdek, institutda olib borilayotgan startap va innovatsion tashabbuslar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy ishlanmalar hamda ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Vazir oʻrinbosari ushbu yoʻnalishlarda amaliy natijadorlikni oshirish, ilmiy gʻoyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish masalalari boʻyicha qator taklif va muhim tavsiyalarini bildirdi.

Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, muhandislik, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif yakunida bildirilgan fikr va takliflar Jizzax politexnika institutida ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3