Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Akmal Savurbayev bilan yangidan qurib bitkazilayotgan INNO texnopark qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Sh.Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan texnopark binosi koʻzdan kechirilib, obyekt sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay boʻlishi hamda belgilangan ishlarni muddatida yakunlash kerakligi taʼkidlandi.
Vazir o‘rinbosari qurilish ishlarida ishtirok etayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, qurilish jarayonlarini belgilangan talablar asosida olib borish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.