Img
12-Fevral, 2026-yil

Energetika muhandisligi fakultetida “Jinoyatchilikdan holi muassasa” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Jaxongir Boybo‘tayev, Jizzax viloyati axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimasi Sarvinoz Usmankulova, institut xotin-qizlar profilaktika katta inspektori kapitan Nodira Rasulova, Energetika muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bahodir Mamatkulov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik vositalari va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, internet xavfsizligi masalalari yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.

Talabalarga bank karta ma’lumotlarini himoya qilish, shubhali havolalarga ishonmaslik, kuchli parollardan foydalanish hamda ikki bosqichli himoya tizimini yoqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikning oldini olishda har bir shaxsning ogohligi va qonunlarga hurmati muhim ahamiyatga ega.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3