Img
13-Fevral, 2026-yil

“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ayollarning ilmiy salohiyati, barqaror jamiyat qurishdagi o‘rni va ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini yoritishga bag‘ishlandi.

Anjumanda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, olima ayollar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi Jizzax viloyati “Olima” uyushmasi raisi, filologiya fanlari doktori, professor Z.Pardayeva, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti X.Mustafoqulova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B. Rashidova, Kimyo muhandisligi kafedrasi dotsenti M.Matchonova va bir guruh olima ayollar ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ayollarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning jamiyatda, xususan barqaror rivojlanish va ilm-ma’rifat taraqqiyotida tutgan strategik o‘rnini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni ilmdan ilhomlantirish hamda olima ayollar faoliyatini rag‘batlantirish hisoblanadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3