Bugun “O‘zbekiston “ADOLAT” SDP Jizzax shahar va Sh. Rashidov tuman Kengashlari hamda Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida Jizzax politexnika institutida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda ogohlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan firibgarlikning eng ko‘p uchraydigan turlari, internet va telefon orqali sodir etilayotgan jinoyatlar, shuningdek, ularning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalarga real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilib, ularni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirildi.