Jizzax politexnika institutida “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi talabalari, Talabalar amaliyoti bo‘limi, Karyera markazi hamda Turonbank ATB vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va bank-moliya sohasidagi real imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan sohadagi Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozli kredit dasturlari, startap va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda bank tizimidagi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ochiq muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.
Mazkur uchrashuv talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash va mehnat bozoriga tayyorgarligini kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.