China (Shenzhen) Education Enterprise Holdings Co., Ltd. delegatsiyasi Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar tashkil etildi.
👥 Uchrashuvda kompaniya Xalqaro ta’lim bo‘limi direktorining o‘rinbosari Ji Yuanshuo hamda Markaziy Osiyo loyihalari bo‘limi boshlig‘i Sun Yanan ishtirok etdi. Institut tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Maqsudjon Ochilov, Avtomobilsozlik muhandislik maktabi direktori Sirojiddin Jiyanbayev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Nishonov qatnashdi.
✍️ Muzokaralar davomida:
🔹 institutga xorijiy talabalarni jalb qilish orqali ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish;
🔹 akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish;
🔹 xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
🔹 Avtomobilsozlik muhandislik maktabi bazasida qo‘shma xitoy tili o‘qitish markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🏫 Shuningdek, delegatsiya Ilg‘or muhandislik maktabiga tashrif buyurib, zamonaviy laboratoriyalar hamda ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yo‘lga qo‘yilgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
🤝 Mazkur uchrashuv o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda institutning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.