Img
26-Fevral, 2026-yil

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

2026-yil 24-fevral kuni Yurtboshimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbus va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Jizzax politexnika institutida startap loyihalarini moliyalashtirish hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi O. Babamuradov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J. Abdunazarov, Raqamli texnologiyalar sho‘basi mudiri M. G‘iyozov hamda IT Park xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida startap loyihalarini shakllantirish, ularni saralash va moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga joriy etish bosqichlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda institutning iqtidorli talaba-yoshlari, magistrantlari va doktorantlari faol ishtirok etib, o‘z innovatsion g‘oyalari yuzasidan mutaxassislarga savollar bilan murojaat qildilar hamda amaliy tavsiyalar oldilar. Ochiq muloqot qizg‘in va konstruktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar uchun muhim axborot va tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3