Img
3-Mart, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida xodimlar uchun qisqa muddatli stajirovka dasturi o‘tkazilmoqda

Joriy yil fevral oyida Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabida xodimlarni rivojlantirish va kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida qisqa muddatli stajirovka dasturi yo‘lga qo‘yildi. Dastur doirasida payvandlash, bo‘yash, yig‘uv, sifat, logistika va ombor bo‘limlari xodimlari qamrab olindi hamda 60 dan ortiq mavzular bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3