Img
3-Mart, 2026-yil

Xorijiy mehmonlar uchun Jizzax INNO ilmiy parki bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi

Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurgan Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovács boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari (https://t.me/jizpi_online/53654) uchun Jizzax INNO ilmiy parki hududi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiya davomida mehmonlar texnoparkning asosiy infratuzilma obyektlari, yo‘nalishlari hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlanishicha, Jizzax INNO ilmiy parki hududida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3