Img
6-Mart, 2026-yil

Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi

2026-yil 6-mart kuni Jizzax viloyatida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Zafar Azimov, Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning oliy taʼlim muassasalari qatorida Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov boshchiligida institut jamoasi ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy park iqtidorli yoshlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, ilmiy xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb qilish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3