Img
10-Mart, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari xalqaro malaka oshirish dasturlarida faol ishtirok etmoqda!

Jizzax politexnika instituti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Ulug‘muradov Xamroz Yusuf o‘g‘li Hindiston Respublikasida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.

U ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida Hindistonning Caimbatore, Tamil Nadu shahrida joylashgan SOUTH INDIA TEXTILE RESEARCH ASSOCIATION (Janubiy Hindiston To‘qimachilik Tadqiqotlari Assotsiatsiyasi)da o‘tkazilgan “EMERGING AREAS IN TECHNICAL TEXTILES” – *“Texnik to‘qimachilik sohasida rivojlanayotgan yo‘nalishlar”* nomli 2 haftalik malaka oshirish kursida qatnashdi.

📚 Mazkur dastur davomida zamonaviy texnik to‘qimachilik texnologiyalari, innovatsion materiallar, ishlab chiqarish jarayonlaridagi yangi yondashuvlar hamda sohaga oid ilg‘or ilmiy ishlanmalar bo‘yicha bilim va tajribalar o‘rganildi.

🌍 Xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3