Img
11-Mart, 2026-yil

Respublika komissiyasining navbatdagi manzili Jizzax viloyati bo‘ldi

Respublika komissiyasi a’zolari Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Jizzax politexnika institutining Avtomobilsozlik muhandisligi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida komissiya a’zolari “Elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv kursida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, elektromobilsozlik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda ushbu yo‘nalishning istiqbollari haqida atroflicha fikr almashdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, innovatsion ishlanmalar va amaliy tadqiqot natijalari bilan tanishildi. Mazkur loyihalarning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish hamda elektromobilsozlik yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash borasida tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3