Respublika DXX ishchi guruhi Jizzax politexnika instituti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida institutda sport sohasi hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalarni ommaviy sportga jalb etish, sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, ishchi guruh institut hududidagi sport inshootlari bilan tanishib, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining “Rektor kubogi” ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Tadbirda soha mutasaddilari ham qatnashib, sport musobaqalarining yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir yakunida “Talabalar ligasi” doirasida futzal, voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.