Img
13-Mart, 2026-yil

JizPIda umumxalq hashari oʻtkazilmoqda

Yurtimizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Jizzax politexnika institutida ham obodonlashtirish va tozalash ishlari faol davom etmoqda. Hashar jarayonida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar tomonidan o‘quv binolari hududi va ichki qismi, auditoriyalar hamda atrof-muhit tartibga keltirilib, keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbir ta’lim muassasasi hududining yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilishi bilan birga, jamoa o‘rtasida hamjihatlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3