Img
14-Mart, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Tojikiston Energetika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 13-mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi rahbarlari, ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Jizzax politexnika instituti va Tojikiston Energetika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3