Jizzax politexnika instituti respublika oliy taʼlim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yashil oliygoh” tanlovida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida eʼtirof etib kelayotgan institut jamoasiga ushbu yuksak natija munosabati bilan Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili tantanali ravishda topshirildi.
Shu munosabat bilan bugun institut rektori A. Usmankulov soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari bilan uchrashib, jamoani erishilgan muhim yutuq bilan samimiy tabrikladi.
Uchrashuv davomida mazkur natija institut jamoasining fidokorona mehnati, ekologik tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlash hamda “yashil” tamoyillarni amaliyotga keng joriy etish borasidagi sa’y-harakatlari samarasi ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, kelgusida ekologik barqarorlikni ta’minlash, innovatsion va “yashil” loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.