Jizzax politexnika institutida “Japan Education & Career Seminar” doirasida “Balcom Nihongo” va “Maneki Nekochan” hamkorligida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni institut prorektori Maqsudjon Ochilov ochib berib, uning ahamiyati va bugungi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng “Maneki Nekochan” til markazi direktori Umida Xayrullayeva tomonidan talabalar uchun qiziqarli va foydali seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar Yaponiyada ta’lim tizimi, ish va karyera imkoniyatlari, viza olish jarayonlari hamda yapon tili kurslari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, Horizontal Line Co. Ltd bosh direktori Ryu Hirai Yaponiyadan turib onlayn tarzda qatnashib, o‘zining real tajribasi va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida faol talabalar rag‘batlantirilib, uchrashuv yuqori kayfiyatda nihoyasiga yetdi.