“Xon atlas” festivalida Tashkiliy nazorat, tahliliy va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxasis G.Normurodova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut xotin-qizlar bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Qurbonova, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. “Xon atlas” festivalida dastlab, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova so‘zga chiqib, mehmonlarni bugungi kun bilan tabrikladi va tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi. Shuningdek, milliy urf-odatlarimiz va milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan tadbirlar haftaning har juma kunlari o‘tkazilishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, so‘zga Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha bosh mutaxassis U.Navruzova chiqib, o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. “Xon atlas” festivali nomi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbir milliy urf-odatlarimizni tarannum etayotgan talaba-yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarimizni tabrikladi, hamda texnika instituti bo‘lishiga qaramasdan milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga, ularni nafaqat talaba-yoshlar orasida, balki butun institut joylashgan hududda ham targ‘ib etilayotganligini ko‘rish juda ham quvonarli hol ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, ushbu targ‘ibot tadbirlari natijasida shahrimizda ham qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmat, ularni e’zozlash ham ortib borishini aytdi. Navbatda institutning milliy an’analarimizni aks ettiruvchi kiyimdagi iqtidorli talaba-qizlari sahnaga chiqishdi. Barcha fakultetlar jamoalari tomonidan ko‘rsatilgan turli xildagi milliy va zamonaviy kiyimlar ko‘rgazmasi festivalda barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi. Batafsil / Fotogalereya: 👉https://t.me/jizpi_online/31948