Img
19-Mart, 2026-yil

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi raisi A. Raxmonqulov Jizzax politexnika institutida boʻldi

Jizzax politexnika instituti “Yashil oliygoh” respublika tanlovida munosib ishtirok etib, faxrli g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (https://t.me/jizpi_online/54562)hamda BYD rusumidagi zamonaviy elektromobil bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq oliygohda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” tashabbuslarni izchil amalga oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yuksak e’tirofi bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi raisi A. Raxmonqulov viloyatdagi partiyaning minglab a’zolari nomidan institut jamoasini samimiy qutlab, kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, Jizzax viloyat partiya tashkiloti hamda Jizzax politexnika instituti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik doirasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar izchil amalga oshirib kelinayotgani alohida ta’kidlandi.

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va “yashil” taraqqiyot tamoyillarini keng joriy etishga xizmat qilayotgan bunday tashabbuslarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani e’tirof etildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 3