Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Sumalak sayli doirasida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan sumalak tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik (https://t.me/jizpi_online/54918).
Talabalar va jamoa a’zolari ishtirokida doshqozonda tayyorlangan sumalak ayni damda pishib, tayyor holga keldi.
Ushbu jarayon nafaqat milliy an’analarimizni asrab-avaylash, balki jamoaviy hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.