Img
25-Mart, 2026-yil

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif tashkil etildi

Bugun Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov talaba-yoshlar bilan uchrashib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh va yetuk kadrlar bo‘lib yetishish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari tomonidan eksponatlar hamda tarixiy yodgorliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, Jizzax viloyatidan qatag‘on qilingan insonlarning hayoti, taqdiri va ijtimoiy faoliyati haqida qiziqarli va ta’sirli hikoyalar so‘zlab berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, milliy qadriyatlarimizga oid anjomlar hamda urf-odatlar bilan tanishib, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif davomida namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, jihozlar va moddiy madaniy meros namunalari talaba-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Vatanga sadoqat, minnatdorlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3