Img
25-Iyun, 2026-yil

JizPIda bayram shukuhi

Bugun Jizzax politexnika institutida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bayram tadbirida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A. Usmankulov yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda barchaga ezgu tilaklarini bildirdi.

🍲 Tadbir doirasida an’anaviy osh chempionati tashkil etilib, unda fakultetlar va bo‘limlar o‘zlari tayyorlagan oshlari bilan ishtirok etdi. Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

🥇 I o‘rin — Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi
🥈 II o‘rin — O‘quv boshqarmasi hamda Xo‘jalik bo‘limi jamoasi
🥉 III o‘rin — Kibersport fakulteti jamoasi
🏅 IV o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti jamoasi
🏅 V o‘rin — Yo‘l muhandisligi kafedrasi jamoasi
🏅 VI o‘rin — Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi

🎭 Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar, qiziqarli parodiyalar hamda raqs chiqishlari namoyish etildi.

🎉 Shuningdek, professor-o‘qituvchilar ishtirokida turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashildi.

📸 Bayram davomida ishtirokchilar esdalik uchun jamoaviy suratga tushishdi.

🎶 Ko‘ngilochar chiqishlar konsert dasturiga ulanib, xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✨ Ushbu tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas bayram lahzalariga boy bo‘lib, barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3