Img
28-Mart, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida amalga oshirilayotgan ishlar respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida respublika ishchi guruhi a’zosi Nodir Bektemirov tomonidan institutda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

🏛 Tashrif doirasida mehmonlar institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari, innovatsion ishlanmalar va amaliy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3