Jizzax politexnika institutida “ADM Jizzakh” MChJ rahbariyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida quyidagi mehmonlar ishtirok etdilar:
🔹 Shamshidinov Najmiddin Sayfuddinovich – Bosh direktorning operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;
🔹 Shermatov Muzaffar Akramaliyevich – Xodimlarni boshqarish va rivojlantirish direksiyasi direktori o‘rinbosari;
🔹 Toshpo‘latov Sanjarbek Quvondiq o‘g‘li – ADM Akademiya rahbari.
Mehmonlarga institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov hamda Avtomobilsozlik muhandislik maktabi direktori Sirojiddin Djiyanbayev hamrohlik qildilar.
Tashrif davomida mehmonlar institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari, innovatsion ishlanmalar va amaliy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, malakali muhandis kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda o‘quv va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi hamda kelgusidagi amaliy qadamlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.