Konferensiya davomida jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari, shuningdek, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomalari tinglandi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat kengashi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri S.Sh. Baxriddinov ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Shuningdek, konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallab tuzilgan tarmoq kelishuvi, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida institut rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda, institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi ma’qullandi. Shuningdek, mazkur loyihani belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tasdiqlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.